UNDP, Education Above All Foundation (EAA–Qatar), O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Zamin” xalqaro jamoat fondi hamkorligida 2025-yilda tashkil etilgan
“O‘zbekistonda iqlimiy harakatlar ta’limi orqali yoshlarning yetakchilik salohiyatini kuchaytirish” mavzusidagi seminar faol davom etmoqda.
Mazkur nufuzli tadbirda Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi direktor o‘rinbosari A. Raxmatullayev ishtirok etib, ta’lim orqali iqlimiy ongni shakllantirish, yoshlarning yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar bilan yaqindan tanishmoqda.