Bugun Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi tarix kursi tinglovchilari buyuk o‘zbek shoiri Hamid Olimjon tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdilar.
Dastur doirasida H.Olimjon va Zulfiya xonim uy-muzeyiga ekskursiya tashkil etilib, tinglovchilar shoirning hayoti, ijodi, adabiy merosi va XX asr o‘zbek adabiyotidagi beqiyos o‘rni haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Ekskursiya davomida ishtirokchilar adiblarning shaxsiy buyumlari, qo‘lyozmalari va tarixiy manbalar bilan ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir tinglovchilar uchun:
✅ milliy merosga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash;
✅jodiy va madaniy dunyoqarashni kengaytirish;
✅ tarixiy-madaniy obyektlar bilan amaliy tanishuv ko‘nikmasini oshirish singari maqsadlarga xizmat qildi.