Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazida “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” doirasida mentorlarni tayyorlashga qaratilgan uch kunlik o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi.

Mashg‘ulotlar davomida mentorlik faoliyatini samarali tashkil etish, pedagoglarning kasbiy ehtiyojlarini aniqlash, metodik jarayonlarni rejalashtirish hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi.

Taqdirlash marosimi viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakillari hamda Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi rahbariyati hamkorligida tashkil etildi.

O‘quvlarning yakuniy qismida o‘tgan o‘quv yili davomida metodik faoliyatda tashabbuskorlik va faollik ko‘rsatgan mentorlar sertifikatlar bilan taqdirlandi. O‘z faoliyati va natijalari bilan alohida ajralib turgan eng faol mentor esa maxsus esdalik nishoni bilan e’tirof etildi.

JizPMM Axborot xizmati