
Mustaqillik — bu nafaqat buyuk tarixiy sana, balki Vatan ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan insonlar mehnatiga beriladigan yuksak bahodir.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazining fidoyi xodimlari — Karimov Sanjar Sindorqulovich hamda Ollayorov Ulug‘bek Abdusattor o‘g‘li “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Bu e’tirof — yillar davomida ta’lim rivoji yo‘lida qilingan samarali mehnat, kasbga sadoqat, mas’uliyat va Markaz taraqqiyotiga qo‘shilgan munosib hissaga berilgan yuksak bahodir.
Hamkasblarimizni ushbu sharafli mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz!
Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, kasbiy faoliyatida yangi zafarlar, yuksak marralar va Vatan ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Mustaqillikning 35 yilligi — mehnatga e’tirof, fidoyilikka ehtirom, kelajakka ishonch bayrami!