Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi rus tili fani metodisti Xudayberdiyeva Feruza Abduqahharovna “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Bu mukofot — yillar davomida ta’lim ravnaqi yo‘lida sidqidildan qilingan mehnat, ustozlikka sadoqat va kasbga muhabbatning yorqin ifodasidir.

Bugun nafaqat bir ustoz, balki butun jamoamiz e’tirof etildi. Chunki haqiqiy fidoyilik doimo qadrlanadi.

Feruza Abduqahharovna, ushbu sharaf muborak bo‘lsin!
Ilm yo‘lidagi izlanishlaringiz, ustozlikdagi matonatingiz va fidoyi mehnatingiz yana-da ulkan yutuqlarga yetaklasin!