Tillarni o’qitish metodikasi va ijtimoiy iqtisodiy fanlar kafedrasi

Kafedra mudiri

Murodova Umida Abdulnabiyevna

Kafedra mudiri

Kafedra professor va o'qituvchilari

Nishonov Shavkat Turobovich

Katta o'qituvchi

Buronov Ikrom Qo’chqarovich

Katta o'qituvchi

Kafedra haqida

Dastlab Ona tili va adabiyot kabinetiga Parda Ismatov mudir etib tayinlangan. Rus tili va adabiyoti kabinetida esa V.Polikorpova, O.Yu. Pleshakova, 1974-1984-yillarda A.P.Kuznetsova,1984-1996-yillarda O.Ataboyev, R.Fozilov, R.Qoraboyeva, Xorijiy tillar kabinetida K.Nizomova, N.Daminov, O.Jumanov, M.Turayev, M.Hazratqulov, B.Xidirnazarovlar faoliyat ko‘rsatgan. 1996-2001-yillar mobaynida Tillarni o‘qitish bo‘limi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Ushbu yillarda bo‘limni Murtazaqul Xazratqulov, Mamadiyor Turayev, Botir Xidirnazarov, Rafiya Xamzayeva, Qo‘chqor Siddiqovlar boshqarishgan. Til va adabiyot ta’limi kafedrasi sifatida 2001-yil avgust oyida tashkil etilgan bo‘lib, ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, xorijiy til fanlaridan dars beruvchi umumta’lim maktab o‘qituvchilarining malakasini oshirish hamda qayta tayyorlashga ixtisoslashtirilgan.
2016-yil yanvar oyidan Til va adabiyot ta’limi kafedrasi nomi Tillarni o‘qitish metodikasi nomiga o‘zgartirildi. 2022-yil fevral oyidan Tillarni o‘qitish metodikasi va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar nomi bilan faoliyat yurita boshladi. 2025-yil yanvar oyidan kafedra Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi nomi bilan faoliyat yurita boshladi. 2001-2024-yillar davomida kafedraning ilmiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida, yetuk mutaxassis xodimlar ishga taklif etildi. Jumladan, rus tili va adabiyoti fani bo‘yicha f.f.d. D.N.Nizamiddinov, dotsentlar Sh.Mardonov, O.A.Kim, A.A.Zokirov, professor-o‘qituvchilar:G.Tagirova, M.Jalilov, F.Rafiyev o‘zbek tili va dabiyoti fani bo‘yicha f.f.d.professor U.Qosimov, f.f.n. dotsentlar: T.Almamatov (marhum), O.Jurayev (marhum), A.Tursunqulov, B.Fayzullayev (marhum), D.Salimova, Sh.Haydarov, A.Abdullayev, M.Tilakova, G‘.Isroilov, X.Maxammadiyev professor-o‘qituvchilar: R.Qoraboyeva, S.Komilov, A.Maxammatov, I.Buronov, R.Nabiyev; xorijiy tillar bo‘yicha f.f.d., professor A.Mamatov, f.f.n., dotsent A.Boymatov, dotsent T.Kavilova, professor-o‘qituvchilar: Q.Siddiqov, Sh.Xalikova, A.Anarboyev (marhum), H.Nadirova, G.Suyunova, M.Zokirova, I.Norqo‘ziyeva, Z.Aliyeva, G.Sanayeva, U.Murodova, D.Ishtayeva, N.Safarboyeva kabi ustoz-murabbiylar faoliyat olib bordi
va jarayon davom etmoqda. Kafedra Qozon federal universiteti, Jizzax davlat pedagogika universiteti, H.Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi bilan o‘zaro tajriba almashinish maqsadida hamkorlik shartnomalari tuzgan. Shu yillar mobaynida 3 ta xalqaro, 4 ta respublika konferensiyalari yuqori saviyada tashkil qilindi. Kafedra professor-o‘qituvchilar oxirgi uch yil mobaynida 49 nomdagi metodik qo‘llanma hamda OAK tomonidan tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 29 ta, xalqaro ilmiy jurnallarda 36 ta, xalqaro va respublika konferensiyalarda 80 ga yaqin maqola va tezislari bilan ishtirok etishgan.Kafedra ayni vaqtda ilmiy-metodik ishlarini olib borish maqsadida Jizzax davlat pedagogika universiteti, Jizzax davlat politexnika instituti, O‘zMU Jizzax filiali, Samarqand va Sirdaryo viloyat XTXQTMOHM, Jizzax shahar 2- va 21- sonli maktablari, H.Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi, Sh.Rashidov tumanidagi 1- va 4- maktablar bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Kafedra moddiy texnika vositalari bilan to‘liq ta’minlangan. Kafedra a’zolari Respublika miqyosida tashkil etilgan Umummilliy Dastur asosida malaka oshirish tizimi sifati va samaradorligini oshirishning dolzarb masalalarga qaratilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etib kelmoqdalar. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2019-2024-yillarda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda 90 ga yaqin, respublika konferensiyalarida esa 25 ga yaqin maqolalar chop etilgan. OAK tasarrufidagi jurnallarda 20 ga yaqin maqola nashr etilgan. 2019-yil 19-oktabr kuni o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan “Tillarni o‘qitishda kompetensiyaviy yondashuv va interfaol metodlarning o‘rni” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan viloyatimizning ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, xorijiy til fanlaridan 20 ga yaqin tajribali o‘qituvchilarining ish faoliyati ommalashtirilgan.