Pedagogika va psixologiya ta’lim texnologiyalari kafedrasi
Kafedra mudiri
Kafedra professor va o'qituvchilari
Ko’bayev Akmal Sirliyevich
Dotsent
Xudoynazarova Madina Fayzulla qizi
O'qituvchi
Kafedra haqida
Kafedra dastlab Jizzax viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Pedagogika va psixologiya ta’lim texnologiyalari kafedrasi sifatida 2002-yil tashkil topgan bo‘lib, unga qadar 1996-yilgacha Ijtimoiy fanlar kabineti, 1996-2002-yillar mobaynida Pedagogika va psixologiya bo‘limi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Kafedra barcha yo‘nalishdagi dars beruvchi umumta’lim maktab o‘qituvchilarini malakasini oshirish hamda qayta tayyorlashga ixtisoslashgan edi. 2001-yildan Pedagogika-psixologiya kafedrasi, 2009-2016-yillarda Pedagogika-psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi, 2017 – yilda Pedagogika va psixologiya, ta’lim
texnologiyalari kafedrasi sifatida shakillanib 2021-yildan kafedra tarkibiga Amaliy fanlar kafedrasi qo‘shildi hamda kafedra safi kengaydi.
2002-2025 yillar davomida kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borganlar:
1996-2004-yillar p.f.d (DSc), dotsent Abdurasulov Rustam Abduraimovich;
2005-2006-yillar Hamdamov Haydar;
2006-2009-yillar Anorboy Rasulov;
2009-2012-yillar Rixsiyeva Muhabbat Xolmuratovna;
2013-2014-yillar p.f.n. dotsent Xolboyeva Gulnora Anorboyevna;
2014-2015-yillar p.f.f.d., (PhD) Bo‘tayeva Umida;
2016-2017-yillar Jalilov Baxodir;
2018-2019-yillar p.f.n., Karimov Rahmatulla Qodirovich;
2020-yildan p.f.f.d (PhD) Tilakova Mavjuda Ashurovna ushbu lavozimda faoliyat olib bormoqda. Pedagogika va psixologiya ta’lim texnologiyalari kafedrasi dotsenti A.Ko‘bayev, dots. N.Qurbonov, dots. O.Eshmurodov, dots. M.Mo‘minjonova, dots. G.Siddiqova, Sh.Ataboyev, B.Jalilov, B.Rasulov, N.Jumanova A.Komilova, H.Hamdamov, F.Ataboyev Ch.Yunosova, Ropiyeva, R.Egamberdiyev, M.Uzoqov. A.Jo‘raboyev, SH.Rizayeva, Sh.Xaydarov, M.Xudoy
nazarova uzoq yillar mobaynida ishlab, viloyat o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirishga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. 2002-2024-yillar davomida kafedraning ilmiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida ka
fedra oqituvchisi M.Tilakova, N.Qurbonov, A.Ko‘bayev, M.Mo‘minjonovalar pedagogika fanlari doktorlik disertatsiya ishini himoya qilib, dotsentlik unvoniga ega bo‘ldilar. Kafedra institut miqyosida tashkil etilgan ko‘plab tadbirlarning tashkilotchisi hisoblanadi. Jumladan: Pedagogika kafedrasi tomonidan so‘nggi 3 yil ichida xalqaro konferensiyalar tashkil etildi. 2022-yil 22-oktyabr kuni “Ta’lim va tarbiya jarayonida shaxs kreativ qobiliyatini shakllantirishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. 2023-yil yil 15-noyabr sanasida “Sifatli ta’limni tashkil etishda shaxs kreativ potensialini oshirishning dolzarb masalalri” mavzusida xalqaro ilmiy amaliy konferensiyasi tashkil etildi. 2024-yil 22 oktyabr sanasida “Sifatli ta’limni tashkil etishda shaxs kreativ potensialini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya tashkil etildi.