Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikasi kafedrasi

Kafedra mudiri

Bakirov Otabek Buranovich

Kafedra mudiri

Kafedra professor va o'qituvchilari

Ergasheva Nigora Erkinovna

Katta o'qituvchi

Jabbarova Zuhra Omondullayevna

Katta o'qituvchi

Xolmo‘minova Bahora Abdujalolovna

Katta o'qituvchi

Kurbanbayeva Malika O’razboyevna

Katta o'qituvchi

Boyqulov Azamat Mahram o’g’li

O'qituvchi

Kafedra haqida

Kafedra 1974-yil “Boshlang‘ich ta’lim” kabineti sifatida tashkil topgan bo‘lib, 1977-yilgacha Meli Rasulov, 1977-yildan 1982-yilgacha Maxfirat Soliyeva, 1982-yildan 1985-yilgacha Akbar Eshonov, 1985-yildan 2000-yilgacha Bahodir Jalilov kabinet mudiri lavozimida faoliyat olib borganlar. 2000-yildan boshlab Pedagogika-psixologiya, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi tashkil topgan va kafedraga Rustam Abdurasulov mudirlik vazifasini bajargan. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2002-yilda institutning yangi tarkibiy tuzilmasi ijro uchun qabul qilingandan so‘ng Pedagogika, psixologiya, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi tarkibidan ajralib chiqib, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi sifatida alohida faoliyat yuritgan. 2015-yil yanvar oyidan Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi nomi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari nomiga o‘zgartirildi. 2002-2025 yillar davomida kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borganlar: 2002-2009-yil avgustgacha B.Jalilov kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi; 2009-2011-yillar A.Meliboyev;
2011-2014-yillar S.Aliqulov; 2014-2015-yillar G.Xolboyeva kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi; 2015-2024-yillar A.Meliboyev kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi; 2024-yil dekabr oyidan hozirgi kunga qadar O.Bakirov “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi mudiri vazifasini bajarib kelmoqda. Kafedrada Respublika va viloyat miqyosida taniqli metodist xodimlar va o‘qituvchilar, jumladan N.Xasanova (katta o‘qituvchi), M.Absatova (katta o‘qituvchi), M.Shokirova (o‘qituvchi), A.Meliboyev (professor), M.Mamayusupov (dotsent), M.G‘ulomov (dotsent), S.Mamayusupova (o‘qituvchi), R.Soyipova (o‘qituvchi), M.Jo‘rayeva (o‘qituvchi),
X.Shukurova (o‘qituvchi), Y.To‘rayeva, R.Nishonov, S.Qo‘shboqova, D.Hakimova (laborantlar) faoliyat olib borgan.2002-2024-yillar davomida kafedraning ilmiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida viloyatning yetakchi olim va mutaxassislardan f.f.n dots. M.Mamayusupov, p.f.n professor M.Jumayev, f.f.n professor M.G‘ulomov, p.f.d. professor R.Safarova, p.f.d. professor Safo Matjon, p.f.n.dots. N.Usmonov, p.f.n.dots.A.Suvonqulov,p.f.n. dots. Sh.Hamroyev, f.f.n dots. F.Ibragimova, PhD, dots. H.Hamzayev, PhD S. Mamayusupovalar kafedraga jalb qilindi. O‘tgan yillar davomida kafedrada p.f.n. dots.G.Xolboyeva, p.f.n. dots. A.Meliboyev, B.Jalilov, N.Xasanova, M.Absatova, M.Shokirova, R.Soyipova, M.Jo‘rayeva, X.Shukurova M.Musurmonova, G.Aribjanova, S.Ergasheva, K.Hakimov (marhum), G.Isoqova, Z.Atamurodova, M.Turdiyeva, M.Abdullayev, N.Ergasheva, B.Xolmo‘minova, Sh.Daminova, M.Jo‘rayeva, L.Jabborova, M.Eshonqulovalar faoliyat olib borishdi va uzoq yillar mobaynida ishlab, viloyat boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining kasbiy mahoratini oshirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.