Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi
Kafedra mudiri
Mardankulov Jasur Amirddinovich
Kafedra mudiri
Kafedra professor va o'qituvchilari
Norbekov Doston Keldibekovich
Katta o'qituvchi
Turdaliev Mansur Normamatovich
Katta o'qituvchi
Ergashev Orif Ungarovich
Katta o'qituvchi
Egamkulov Sherzod Anorboyevich
Katta o'qituvchi
Mustafoyeva Munojat Oltibekovna
Katta o'qituvchi
Xolboyeva Munisxon Mavlonovna
Dotsent
Jabborov Maqsud Mashrabovich
Dotsent
Kafedra haqida
Dastlab viloyat malaka oshirish institutida fizika, astronomiya kabinetida Murodjon Xasanov, matematika kabinetida Keldiyor Ibragimov, geografiya kabinetida Qobuljonov Rustam, ximiya kabinetida Sa’dullayev Qosim faoliyat olib borgan. Informatika-matematika kabineti mudiri lavozimida dastlab Soatov Tohir faoliyat olib borgan. 1996-yilda “Informatika-matematika” kafedrasi tashkil etildi. Tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi 1998-yildan institutning Informatika-matematika kafedrasidan ajralib, mustaqil faoliyat olib bora boshlagan. Birinchi bo‘lib, kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Xayrulla Inatov mudir etib tayinlangan. 1998-yildan boshlab kafedraga ilg‘or tajribaga ega va ilmiy darajali xodimlar taklif etilgan. Kafedra dastlab fizika, matematika, informatika, kimyo, biologiya, geografiya ixtisosliklari bo‘yicha 3210 soat o‘quv yuklama asosida ish olib borgan. Kafedra tashkil etilgandan shu kungacha p.f.n., dotsent X.Inatov (1998-2004), p.f.n., dotsent S.Ro‘ziboyev (2005-2007), Xalq ta’limi a’lochisi, katta o‘qituvchi R.Qobiljonov (2007-2008), Xalq ta’limi a’lochisi, katta o‘qituvchi Sh.Ne’matova (2008-2013), Xalq ta’limi a’lochisi, katta o‘qituvchi M.Jabborov (2013-2015) hamda p.f.f.d., dotsent U.Mingbayev (2015-2017) lar kafedra mudiri sifatida faoliyat olib borgan. 2018-yildan buyon p.f.f.d., dotsent J.Mardankulov kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi matematika, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, biologiya, geografiya, kimyo fanlaridan dars beruvchi umumta’lim maktabi o‘qituvchilarining malakasini oshirish hamda qayta tayyorlashga ixtisoslashgan. Kafedrada Respublika va viloyat miqyosida taniqli metodist xodimlar va professor-o‘qituvchilar, jumladan Murodjon Xasanov, Qaxramon A’zimov, p.f.n. dosent Xayrulla Inatov, Keldiyor Ibragimov, p.f.n., dotsent S.Ro‘ziboyev, Rustam Qobiljonov, Qosim Sa’dullayev, Toxir Soatov, f-m.f.n., dotsent Ulug‘bek Soatov, Rustam Qobiljonov, Sharofat Ne’matova, Ulug‘bek Shakarboyev, Dilshoda Rashidova, p.f.f.d., dotsent Ulug‘bek Mingboyev, Qamariddin Gadoyev, Shavkat Jo‘rayev, t.f.n. professor Sergey Sattarov, p.f.f.d. Akmal Ko‘bayevlar uzoq yillar mobaynida ishlab aniq va tabiiy fan o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Kafedra JizPI, JDPU, Sirdaryo hamda Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazlari bilan o‘zaro tajriba almashinish maqsadida hamkorlik shartnomalari tuzgan. Shu yillar mobaynida 3 ta xalqaro, 3 ta respublika ilmiy-amaliy konferensiyalar yuqori saviyada tashkil qilindi. Kafedra professor-o‘qituvchilar oxirgi uch yil mobaynida 3 ta darslik, jumladan “Boshlang‘ich sinfda matematikani o‘qitish” (J.Mardankulov) nomli, “Informatika” (J.Mardankulov) nomli hamda “Matematika fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi” (J.Mardankulov) nomli darsliklar, “Fizika o‘qitishning nazariy masalalari” (X.Inatov), “Fizika o‘qitish metodikasi” (X.Inatov), “Matematika o‘qitish metodikasi” (Sh.Na’matova), “Microsoft Word dastur imloniyatlari” (U.Mingboyev), “Microsoft Exsel dastur imloniyatlari” (U.Mingboyev), “Pedagoglarni zamonaviy metodikalarga o‘rgatish” (M.Xolboyeva) nomli o‘quv qo‘llanma, 3 nomdagi monografiya, 30 nomdagi metodik qo‘llanma hamda OAK tomonidan tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 80 ta, xalqaro ilmiy jurnallarda 35 ta,Xalqaro va respublika miqiyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda 500 ga yaqin maqola va tezislar bilan ishtirok etishgan. 2021-yil Pedagogika markazi rahbariyati va kasaba uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan “Kafedra haftaligi” ko‘rik-tanlovida birinchi darajali diplom bilan taqdirlangan. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan viloyatimizning matematika, informatika va AT, kimyo, biologiya, geografiya, fizika kabi fanlaridan 25 ga yaqin tajribali o‘qituvchilarining ish tajribalari viloyat va Respublika miqyosida ommalashtirilgan. Kafedrada faoliyat olib borgan professor-o‘qituvchilardan U.Mingboyev 2019-yil pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori dissertatsiya ishini himoya qilib 2023-yil dotsent unvonini, 2022-yil J.Mardankulov pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, 2024-yil dotsent unvonini oldi. Hozirgi kunda kafedrada 7 nafar asosiy shtatda va 1 nafar o‘rindoshlik asosida professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda. Ilmiy darajali va ilmiy unvonli o‘qituvchi 1 nafar va ilmiy-metodik salohiyatli 6 nafar o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.