Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida oktabr oyi malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun tong yana bir bor o‘zgacha kayfiyatda boshlandi!

Bu safar odatiy tonggi uchrashuv o‘rnini zukkolik, topqirlik va ijodkorlikka chorlovchi interaktiv o‘yinlar egalladi.

Qiziqarli topshiriqlar, kutilmagan javoblar, samimiy kulgular… Eng muhimi, pedagoglar nafaqat bilim va tajriba almashdilar, balki bir-birlariga ijobiy kayfiyat va yangi g‘oyalar ham ulashdilar!

Chunki yaxshi kayfiyat bilan boshlangan kun — yangi bilimlar, katta g‘oyalar va yuksak marralar uchun eng yaxshi imkoniyat !