Jizzax viloyati pedagogik markazi Boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasida yuksaltiruvchi Boshlang‘ich A, rivojlantiruvchi S hamda D kurslari doirasida buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirlar davomida Boburning dilbar g‘azal va ruboiylaridan namunalar keltirilib, allomaning boy ma’naviy merosi chuqur tahlil qilindi. Uning hayoti, jasorati, ilm va adabiyotga bo‘lgan sadoqati sahna ko‘rinishlari orqali yorqin aks ettirilib, ishtirokchilarga unutilmas taassurot ulashdi.
Mazkur tadbirlar nafaqat buyuk ajdodimiz xotirasiga hurmat ifodasi, balki tinglovchilarning ma’naviy tafakkurini yuksaltirish, milliy qadriyatlarga sadoqatini mustahkamlash hamda adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
✨ Buyuk siymolar merosi — kelajak avlod ruhiyati uchun mustahkam poydevor!