2-sentabr — Bilimlar kuni munosabati bilan Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari va xodimlari viloyatimizning turli maktablarida bo‘ldilar.

Kimdir farzandining, kimdir nevarasining ilk quvonchlariga sherik bo‘ldi, yana kimdir o‘zi tahsil olgan yoki hamkorlik rishtalari bog‘langan qadrdon maktabiga qaytdi.

Bu kun yana bir haqiqatni eslatdi: baxtli kelajakning kaliti ham, hayot sinovlarini yengishning eng katta kuchi ham — bilimdir.

Yangi o‘quv yilining ana shunday samimiy, hayajonli va unutilmas lahzalarini bir joyga jamlab, siz uchun yorqin videokollaj tayyorladik.

Har bir kadrda — bolalik quvonchi, ustoz mehri va kelajakka ishonch!