Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida “Ta’lim sifati nazorati” bo‘limi tomonidan navbatdagi dastlabki nazorat testlari tashkil etildi. Jarayon davomida 17 ta yo‘nalishdagi 26 ta malaka oshirish kursi tinglovchilarining bilim darajasi, tayyorgarligi va amaliy ko‘nikmalari tahlil qilindi.
Bu — oddiy test emas. Bu — ta’lim sifatini aniq raqamlar, real natijalar va tahlillar asosida kuchaytirishga qaratilgan muhim bosqich.
Aniqlangan ehtiyojlar asosida o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etish, har bir tinglovchining rivojlanish nuqtasini belgilash hamda sifatli ta’limni ta’minlash maqsad qilingan.