Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida kasbiy qayta tayyorlov kurslari an’anaviy (oflayn) shaklda tantanali ravishda o’z ishini boshladi.

Tinglovchilar yuqori kayfiyat va faol ishtirok bilan zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion ta’lim texnologiyalari va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan nazariy hamda amaliy bilimlarni egallamoqdalar.

Barcha tinglovchilarga o’quv jarayonida muvaffaqiyat, mustahkam bilim va ulkan zafarlar tilaymiz!

Kasbiy rivojlanish sari — birgalikda!