
2-sentabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida bayram tadbiri o’tkazildi.
2026-2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda pedagoglar, ota-onalar, mahalla faollari, o‘quvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram tabrigini ishtirokchilarga Jizzax viloyat Pedagogik mahorat markazi direktor o‘rinbosari A.Rahmatullayev o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, faol ota-onalardan vakil B.Bekmurodova o‘quvchilarga oq yo‘l tiladi. Vatanparvarlik, bilim va farovonlikni madh etuvchi she’r hamda kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga havola etildi.