Hurmatli ustozlar, professor-o‘qituvchilar, ilm-fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan aziz opa-singillar!

Sizlarni bahorning eng go‘zal, eng ilhomli ayyomi — 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Ayol — bu hayotning ibtidosi, mehrning manbai, sabr va matonatning timsolidir. Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida ayol qalbining nuri, ayol tafakkurining kuchi va ayol sabrining qudrati mujassamdir. Sizlar nafaqat oila muqaddasligini asrab kelayotgan mehribon onalarsiz, balki Vatan taraqqiyoti, ilm-fan, ta’lim va ma’rifat yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan buyuk qalb egalarisiz.

Bugun auditoriyalarda kelajak avlodni tarbiyalayotgan ustoz ham siz, ilmiy izlanishlar orqali tafakkur ufqlarini kengaytirayotgan olima ham siz, shifoxonalarda inson hayoti uchun kurashayotgan shifokor ham siz, jamiyat barqarorligi yo‘lida xizmat qilayotgan mas’ul xodim ham sizsiz. Sizlarning qalbingizdagi mehr, irodangizdagi matonat va tafakkuringizdagi teranlik tufayli jamiyatimizning buguni ham, ertasi ham mustahkam bo‘lib bormoqda.

Chunki sizlar — hayotning eng buyuk ilhomi, jamiyatning eng muqaddas kuchisiz.

Hurmat bilan,
Ijod Axmedоv
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi direktori.