Yer yuzini eng go‘zal ohanglar emas, balki bolalar kulgisi bezaydi. Dunyoni eng yorqin quyosh emas, balki farzandlarning beg‘ubor tabassumi yoritadi.

Bolalik — bu orzular qanot yozadigan, ertaklar haqiqatga aylanadigan, mehr va muhabbat bilan yo‘g‘rilgan eng go‘zal davrdir. Har bir bolaning quvonchi — oilaning baxti, jamiyatning quvonchi va Vatan kelajagining porloq nurlaridir.

Aziz bolajonlar! Ko‘zlaringizdagi ishonch, qalbingizdagi ezgulik va orzularingizdagi parvoz hech qachon so‘nmasin. Sizlar bugunning quvonchi, ertaning bunyodkorlari, Yangi O‘zbekistonning eng bebaho boyligisiz.

Qadrli ota-onalar va ustozlar! Farzandlar qalbiga mehr, ilmu ma’rifat va ezgulik urug‘larini qadab kelayotganingiz uchun sizlarga chuqur minnatdorlik bildiraman. Chunki baxtli bolalik ortida doimo mehribon ota-ona va fidoyi ustozning ulkan qalbi turadi.

Bolalar kulgisi hech qachon yurtimiz osmonidan arimasin, har bir xonadonda quvonch, har bir qalbda umid va har bir bolada baxt porlab tursin!

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Axmedov Ijod Narziqulovich
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)