Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi Pedagogika va psixologiya kafedrasi rejasi asosida Sharof Rashidov tumani 60-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘IBDO‘ yo‘nalishi kurs tinglovchilari uchun “O‘quv jarayonini boshqarishda operatsion samaradorlik usullari” mavzusida amaliy metodik hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv seminar-trening va amaliy kuzatuv uyg‘unligida o‘tkazilib, tinglovchilarga maktabdagi real o‘quv jarayonini yaqindan tahlil qilish, zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini amaliyot bilan bog‘lash imkonini berdi. Mashg‘ulotlar davomida ta’lim sifati, dars samaradorligi hamda o‘quvchilar bilan ishlashning innovatsion usullari yuzasidan fikr almashildi.

Ayniqsa, “Zakovat” intellektual usuli asosida tashkil etilgan qizg‘in bahs va interaktiv jarayonlar tinglovchilarning mantiqiy fikrlashi, jamoaviy ishlashi hamda tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini yanada mustahkamladi.

Tajriba, tahlil va innovatsiyalar uyg‘unlashgan ushbu metodik uchrashuv ta’lim jarayonida samaradorlikni oshirishga xizmat qiluvchi muhim amaliy maydonga aylandi.