Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida akademik faoliyatni bir maqsad atrofida uyg‘unlashtirish, bo‘lim va kafedralar ishini muvofiqlashtirish, ilmiy-metodik izlanishlarni amaliyot bilan bog‘lash — katta mas’uliyat va tizimli yondashuvni talab etadi.
Bu jarayonda Akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosarining faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Uning muvofiqlashtiruvi asosida malaka oshirish jarayonlari, ko‘chma kurslar, ta’lim sifati monitoringi, ilmiy-metodik ishlar va ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish ishlari izchil yo‘lga qo‘yilmoqda.
Markaz tarkibidagi bo‘lim va kafedralarda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar, mahorat darslari, dars tahlillari, metodik mahsulotlar va amaliy tashabbuslar esa ushbu tizimning uzviy davomidir.
Eng muhimi, bu faoliyatning markazida raqamlar emas, pedagogning kasbiy o‘sishi va ta’lim sifati turibdi.
Mustaqillikning 35 yilligi arafasida — bilim, mahorat va taraqqiyot sari yangi qadamlar!