AJDODLAR XOTIRASI — MILLAT MA’NAVIYATINING MANGU POYDEVORI
Tarix — şunçaki ötmiş voqealari silsilasi emas. U millatning xotirasi, özligini anglaş mezoni va kelajak avlod oldidagi mas’uliyatidir.
Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazida “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi taşabbusi bilan “Ajdodlar xotirasi — avlodlar ma’naviyatining mustahkam poydevori” mavzusida davra suhbati taşkil etildi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 691-son qarori ijrosi doirasida ötkazilgan tadbirda noyabr oyidagi malaka oşiriş kurslari tinglovçilari iştirok etdi.
Muloqot markazida millat ozodligi va ma’rifati yölida kuraşgan, qatağon siyosati qurboniga aylangan ajdodlarimizning ibratli hayoti, tarixiy adolat va milliy xotirani asraş masalalari turdi.
Xususan, Abdulla Qodiriy, Çölpon va Fitrat singari jadid ma’rifatparvarlarining boy ma’naviy merosini yoş avlodga yetkaziş, ularning ezgu ğoyalarini bugungi ta’lim-tarbiya jarayoniga singdiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Davra suhbatida tarixiy xotirani şakllantirişning zamonaviy pedagogik usullari, arxiv materiallari, muzeylar va raqamli resurslardan foydalaniş, şuningdek, öquvçilarni öz hududidagi qatağon qurbonlari hayotini örganişga jalb etiş böyiça amaliy takliflar ilgari surildi.
Zero, ajdodlar xotirasini e’zozlaş — faqat ötmişga hurmat emas, balki kelajak avlod qalbida milliy ğurur, tarixiy tafakkur va Vatanga sadoqat tuyğularini tarbiyalaşdir.
