Mazkur seminarlar nemis tilini o‘qitishda zamonaviy metodik yondashuvlarni joriy etish, CEFR xalqaro standartlariga mos ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan.Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar amaliy topshiriqlar, interaktiv metodlar va metodik tavsiyalar orqali o‘z ko‘nikmalarini mustahkamlab bormoqda. Treninglar ochiq muloqot va tajriba almashishga boy tarzda tashkil etilgan.
Seminar-treninglarda Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodisti M. Quvvatov faol qatnashmoqda. Ushbu hamkorlik nemis tili ta’limining sifatini oshirish, ilg‘or yondashuvlarni pedagoglar amaliyotiga tatbiq etish va xalqaro tajribani o‘quv ja




rayoniga singdirishga xizmat qilmoqda.