1991-yilda bir avlod dunyoga keldi.
Ayni shu yili O‘zbekiston ham mustaqil hayot yo‘lini boshladi.

Bugun esa ikkoviga ham 35 yil:
biri — kamolotga yetgan inson,
biri — yuksalish sari ishonch bilan odimlayotgan Vatan.

Bolalikda yozilgan bir maktub yillar osha katta haqiqatni eslatadi:
kelajak qog‘ozga emas, bolalar qalbiga yoziladi.

Ustozning eng ulug‘ vazifasi ham shu — Vatanga muhabbatni so‘z bilan emas, ibrat, ishonch va tarbiya bilan ulashish.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!