Mazkur o‘quv kurslarida Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazidan mutaxassislar hamda hududlardagi pedagog xodimlar ishtirok etib, zamonaviy ta’lim tajribalarini o‘rganish, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda xalqaro tajriba almashinuvini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.


Mashg‘ulotlar davomida fizika, matematika, tabiiy fanlar hamda san’atni uyg‘unlashtirgan holda bino maketlarini yaratish orqali o‘quvchilarda injiniring yo‘nalishiga qiziqish uyg‘otish, yasash va qurish texnikasiga asoslangan bilimlarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro malaka oshirish — ta’lim sifatini yuksaltirish yo‘lidagi muhim qadam!