Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi mutaxassislari tomonidan metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Do‘stlik tumani maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati holati o‘rganildi.
🔸O‘rganish jarayonida tarbiyaviy hamda ta’limiy faoliyatning tashkil etilishi, mashg‘ulotlar samaradorligi va pedagoglarning ish tajribalari tahlil qilinib, aniqlangan jihatlar asosida tarbiyachilarga zarur metodik tavsiyalar hamda amaliy yordam ko‘rsatildi.
✅Shuningdek, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutaxassislari bilan hamkorlikda seminar tashkil etilib, unda ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
💧Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–19-son Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirilib, maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar alohida ta’kidlandi.
✨ Sifatli ta’lim — kelajak poydevori!