Tadbir avvalida Markazning “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri p.f.f.d., dotsent J. Mardankulov ta’lim sifatini oshirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida ma’ruza qildi. Shundan so‘ng D. Xoljigitov tomonidan “Nostandart tenglamalar”, K. Xolmanova tomonidan esa “Sonning butun va kasr qismi” mavzularida sayyor darslar o‘tkazilib, mashg‘ulotlar muhokama va faol ishtirok ruhida tashkil etildi. Yakunda tinglovchilarga matematika fanidan bilim va ko‘nikmalarni to‘g‘ri shakllantirish yuzasidan amaliy metodik tavsiyalar berildi.