(Oʻzbek) O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Amaliy matematika fakulteti “Amaliy matematika” kafedrasi katta o‘qituvchilari D. Xoljigitov va K. Xolmanova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5847-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati pedagogik mahorat markaziga tashrif buyurdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — matematika yo‘nalishi tinglovchilarida fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda Markaz bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.