Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida, shuningdek Islom taraqqiyot banki, Arab Coordination Group va Global Partnership for Education ko‘magida amalga oshirilayotgan Smart-ED loyihasi doirasidagi uch kunlik seminar muvaffaqiyatli yakunlandi.

Seminar davomida ishtirokchilar “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturini samarali joriy etish bo‘yicha zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv metodlar va amaliy tajribalar ustida ishladilar. Refleksiya, jamoaviy muhokama va innovatsion mashg‘ulotlarga boy o‘tgan seminar pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Yakuniy jarayonda tinglovchilarga sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Seminar ishtirokchilariga kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi g‘oyalar va ilhom tilandi.

Ta’limdagi har bir yangilanish — kelajak sari qo‘yilgan ishonchli qadam.