Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi metodik xizmat ko’rsatish bo’limi xodimlari tashabbusi bilan “O‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar doirasida ommalashtirish tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir Sharof Rashidov, Zafarobod va Paxtakor tumanlaridagi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini qamrab olib, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlandi.
Seminar davomida:
— XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirishning samarali usullari
— Ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish
— Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 84-son buyrug‘i asosida ilg‘or tajribalarni ommalashtirish tartib ibo‘yicha muhim tushunchalar berildi.
Qizg‘in bahs-munozaralar, fikr almashuvlar va amaliy yondashuvlar orqali tadbir ishtirokchilari o‘z kasbiy salohiyatini yanada mustahkamlashga erishdi.
Ta’limdagi yangilanish — har bir ustozning bugungi qadami, ertangi natijasidir!