Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida “Zamonaviy bilim va tajribaga ega bo‘lib, zamonaviy dars o‘tamiz” shiori ostida mahorat darslari va ochiq mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan biologiya kursi tinglovchisi, Sharof Rashidov tumanidagi 1-umumiy o’rta ta’lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi To‘rayeva Iroda tomonidan “Biologiya darslarida foydalanish uchun interfaol metodlar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Shuningdek, “Amaliy fanlar va maktabgacha ta’lim metodikalari” kafedrasi o‘qituvchisi Axmedova Maftuna tomonidan “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi va ta’lim olishiga qo‘yiladigan davlat talablari mazmuni” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Mashg‘ulotlarda tinglovchilarning nazariy bilimlari amaliyot bilan boyitilib, ilg‘or pedagogik tajribalar, samarali metodlar va zamonaviy ta’lim yondashuvlari yuzasidan fikr almashildi.

Ilg‘or tajriba — sifatli ta’lim sari muhim qadam!