Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazida markaz xodimlarining 9–16 yoshdagi farzandlari va nabiralari o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanloviga start berildi.

Tanlovning ilk kuni ham qiziqarli va unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Yosh ishtirokchilar ota-onalari bilan birga tadbirda faol qatnashib, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.

Tadbir doirasida:

interaktiv o‘yinlar,
kiber sport musobaqalari,
VR ko‘zoynaklari orqali virtual dunyoga sayohat,
kitobxonlikka oid qiziqarli bellashuvlar tashkil etildi.

Kitob — tafakkur, texnologiya esa imkoniyat. Ularning uyg‘unligi esa yosh avlod uchun yanada qiziqarli muhit yaratadi!

“Yosh kitobxon” — mutolaa, tafakkur va yangi imkoniyatlar sari ilk qadam!