Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan faxriy ustozlar hamda markaz jamoasi ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida ta’lim tizimi ravnaqi yo‘lida samarali mehnat qilgan, ustozlik sharafini yuksak tutgan faxriy pedagoglarga alohida ehtirom ko‘rsatildi. Ularning ko‘p yillik fidokorona faoliyati samimiy so‘zlar bilan e’tirof etilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, bugun oramizda bo‘lmagan ustozlarning yorqin xotirasi chuqur hurmat bilan yod etildi. Ularning ilm-ma’rifat yo‘lidagi zahmati, insoniy fazilatlari va ustozlik maktabi qalblarda yana bir bor jonlandi.

Ustoz qadri ulug‘langan, xotira e’zozlangan maskanda avlodlar davomiyligi va ma’naviy sadoqatning yorqin ifodasi namoyon bo‘ldi.