“Geografiya fanini o‘qitishda GIS texnologiyasidan foydalanish” mavzusida tashkil etilgan mahorat darsida Jizzax davlat pedagogika universiteti dotsenti I.Karimov geografiya o‘qituvchilariga GIS texnologiyalarining amaliy imkoniyatlarini namoyish etdi.
Mashg‘ulot davomida elektron xaritalar yaratish, hududiy jarayonlarni tahlil qilish va fazoviy ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar amaliy misollar asosida ko‘rsatib berildi.
Innovatsion texnologiyalar, interaktiv yondashuv va real amaliyot uyg‘unlashgan ushbu mahorat darsi geografiya ta’limining yangi bosqichini namoyon etdi.