✅Respublika pedagogik mahorat markazlari Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari kafedra mudirlari hamkorligida “Xalqaro hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish, ta’lim sifatini oshirish” mavzusida xalqaro vebinar tashkil etildi.
Mazkur vebinarda ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim grantlarini yo‘lga qo‘yish hamda oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, kafedra mudirlari tomonidan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida maqsadli memorandumlar imzolash yuzasidan kelishuvlar va muzokaralar olib borildi.
✅Vebinar davomida ta’limdagi innovatsion yondashuvlarni joriy etish, turli yo‘nalishdagi mutaxassislar va universitetlar bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro tajriba almashish hamda pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Mazkur tashabbuslar ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini yanada oshirish hamda xalqaro tajribani milliy ta’lim tizimiga samarali tatbiq etishga xizmat qiladi.