Mazkur bosqich doirasida fuqarolar 17 kun davomida census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID yagona identifikatsiya tizimi yordamida qulay va ishonchli tarzda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Jumladan, Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi jamoasi ushbu jarayonlarda faol ishtirok etib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarining samarali tashkil etilishiga munosib hissa qo‘shmoqdalar.