Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida tarix fani o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari doirasida mazmunli va amaliy ahamiyatga boy mahorat darsi tashkil etildi.

Mashg‘ulotni Zarbdor tumani 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining oliy toifali tarix fani o‘qituvchisi Isirov Baxodir hamda Zarbdor tumani 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining oliy toifali tarix fani o‘qituvchisi Ergasheva Zuxra olib bordilar.

Mahorat darsi davomida tarix fanini o‘qitishda samarali metodlardan foydalanish, mavzularni o‘quvchi uchun qiziqarli va tushunarli yetkazish, dars jarayonida faol ishtirokni ta’minlashga xizmat qiluvchi zamonaviy pedagogik yondashuvlar amaliy misollar asosida namoyish etildi.

Tinglovchilar uchun mashg‘ulot nafaqat yangi metod va usullar bilan tanishish, balki tajriba almashish, fikrlarni boyitish va o‘z pedagogik mahoratini yanada takomillashtirish uchun muhim maydonga aylandi.

Mahorat — tajriba bilan sayqallanadi, tajriba esa ulashilganda yanada qadrlanadi.