Arnasoy tumanidagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim sifati va o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini yanada oshirish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
Ayni paytda maktabda 26 nafar pedagog 203 nafar o‘quvchiga ta’lim-tarbiya bermoqda. Ular orasida 3 nafar oliy toifali, 4 nafar birinchi toifali, 9 nafar ikkinchi toifali va 10 nafar mutaxassis o‘qituvchi bor.

O‘rganish jarayonida o‘quvchilarning o‘zlashtirishi va davomat ko‘rsatkichlari, darslarning tashkil etilishi, pedagoglarning metodik faoliyati, ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlar hamda ota-onalar bilan hamkorlik masalalari tahlil qilindi. Shu bilan birga, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalaridagi bo‘shliqlarni bartaraf etish, individual yondashuvni kuchaytirish va fanlarga qiziqishni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Eng muhimi, o‘rganish natijalari quruq raqamlar bilan cheklanib qolmadi. Maktab jamoasi oldiga aniq vazifalar qo‘yilib, ta’lim natijalarini yaxshilash, har bir o‘quvchi bilan manzilli ishlash va o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar belgilab olindi.
Zero, ta’limdagi har bir ijobiy o‘zgarish avvalo e’tibordan, aniq maqsaddan va natija uchun birgalikdagi harakatdan boshlanadi.