Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida “Hamdo‘stlikda ta’limni rivojlantirish tendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli anjumanda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi kafedra mudiri Mardankulov Jasur Amirddinovich ham ishtirok etmoqda.

Konferensiya doirasida hamdo‘stlik mamlakatlari vakillari ta’lim sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, innovatsion tajribalar, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashmoqda.

Xalqaro muloqot va tajriba almashuvga xizmat qilayotgan mazkur anjuman ta’lim tizimini takomillashtirish, ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish va yangi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash uchun muhim maydon vazifasini o‘tamoqda.