Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi tashabbusi bilan Jizzax davlat pedagogika universiteti Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) D.Abdurahimova tomonidan “Tabiiy fanlarni o‘qitishda STEAM yondashuvdan foydalanish” mavzusida mazmunli mahorat darsi o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida tinglovchilarga STEAM integratsiyasining ustun jihatlari, o‘quvchilarda kreativ va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali metodlar hamda amaliy yondashuvlar namoyish etildi.Markaz Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan esa O‘zMU Jizzax filiali ingliz tili o‘qituvchilari va ingliz tili metodisti hamkorligida yana bir mazmunan boy, samaradorligi yuqori bo‘lgan mahorat darsi tashkil etildi. Dars jarayonida chet tilini o‘qitishda raqamli texnologiyalar, interaktiv o‘yinlar, zamonaviy ta’limiy platformalar va onlayn resurslardan foydalanishning innovatsion usullari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Bunday uchrashuvlar o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.