Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi Ta’lim sifati nazorati bo‘limi tomonidan malaka oshirish kurslari tinglovchilari o‘rtasida kurs yakuniy onlayn so‘rovnomasi o‘tkazildi. Mazkur so‘rovnomada 529 nafar tinglovchi faol ishtirok etib, o‘quv jarayoni va o‘tilgan darslar sifati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, tinglovchilar tomonidan eng yuqori baholangan “OY PEDAGOGI” sifatida Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi o‘qituvchisi Azamat Boykulov e’tirof etildi.

❗️ Eslatib o‘tamiz, markazda har oy Ta’lim sifati nazorati bo‘limi tomonidan malaka oshirish kurslari tinglovchilari o‘rtasida onlayn so‘rovnoma o‘tkazilib, professor-o‘qituvchilar faoliyati baholanadi. Natijalar asosida “Oyning eng yaxshi o‘tilgan darslari” aniqlanadi hamda “Oy pedagogi” reytingi shakllantirib boriladi.

Bu jarayon ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini rag‘batlantirish hamda o‘quv jarayonini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.