Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Sharof Rashidov tumani 3-sonli umumta’lim maktabida amaliy-metodik yordam ko‘rsatildi.
Tabiiy fan o‘qituvchisi Sevara Yuldasheva malaka oshirish kurslarida egallagan zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida seminar tashkil etib, interfaol metodlar, laboratoriya mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish hamda zamonaviy baholash usullarini amaliy misollar orqali namoyish etdi.
Dars jarayonlari tahlil qilinib, aniqlangan muammolar yuzasidan joyida metodik tavsiyalar va amaliy ko‘mak berildi.
Mazkur tashrif pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish hamda ta’lim jarayonining samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.