Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida 2026-yil sentabr oyida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun o‘quv mashg‘ulotlari yakuniga yetib, ayni kunlarda yakuniy nazorat hamda malaka ishlarini himoya qilish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur bosqich tinglovchilarning kurs davomida egallagan nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va kasbiy kompetensiyalarini namoyon etish, shuningdek, o‘zlashtirilgan ilg‘or metod va yondashuvlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yakuniy nazorat va malaka ishi himoyasi jarayonlari belgilangan tartib va mezonlar asosida, xolislik hamda shaffoflik tamoyillariga rioya etilgan holda tashkil etilmoqda.

Har bir tinglovchi uchun bu bosqich — o‘z ustida olib borilgan izlanishlar, yangilangan bilimlar va orttirilgan tajribalarni sarhisob qilish, kelgusi pedagogik faoliyat uchun yangi maqsadlarni belgilash imkoniyatidir.

Malaka oshirish — bilimni yangilash, tajribani boyitish va ta’lim sifatini yuksaltirish sari muhim qadamdir.