QUSH PARVOZI BALANDLIGIDA — BIR MAQSAD, BIR VATAN!

Har bir kadr ortida mehnat, izlanish va bir maqsadga yo‘nalgan harakat bor. Bu gal biz o‘z faoliyatimizga qush parvozi balandligidan nazar tashladik — ikki markaz, ikki jamoa, ammo maqsad va niyat bitta.

Tasvirga olish jarayonida faol ishtirok etgan Viloyat Kelajak markazi rahbariyati va jamoasiga, shuningdek, Jizzax PMM jamoasi va matbuot xizmatiga samimiy minnatdorligimizni bildiramiz.

Davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Ikki markaz. Bir maqsad. Bir Vatan. Bir parvoz!