
Ayni kunlarda O‘zbekistonning PISA 2025 xalqaro tadqiqotidagi ishtiroki, o‘quvchilar natijalari, ularning bilim darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili hamda dalillarga asoslangan ustuvor yo‘nalishlar muhokamasiga bag‘ishlangan Ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forumda respublikamizdagi Pedagogik mahorat markazlari direktorlari, soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirok etmoqda. Jumladan, Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi direktori I. Axmedov ham mazkur nufuzli muloqot maydonida ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida PISA natijalarini chuqur tahlil qilish, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda hududlarda ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashilmoqda.