Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida Boshlang‘ich ta’lim C guruhi (rus sinflarida) tinglovchilari tomonidan PIRLS xalqaro baholash dasturi talablari asosida navbatdagi “Mahorat darsi” mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirish, matnni tahlil qilish, tanqidiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotda namoyish etdilar. Interfaol metodlar, innovatsion usullar hamda xalqaro baholash mezonlaridan samarali foydalanilgani darslar mazmunini yanada boyitdi.
Ushbu mahorat darslari tinglovchilarning kasbiy salohiyati va ijodiy yondashuvini namoyon etib, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida yuksaltirish yo‘lidagi muhim amaliy maydon bo‘lib xizmat qildi.