Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqoti davomida haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanishini ta’kidladi.

Ushbu tashabbus yoshlar bilan ochiq va samarali muloqotni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan. Endi har payshanba kuni:

✔️ Sohaga mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarning muammolarini tinglaydi va ularni joyida hal etish choralarini ko‘radi;
✔️ Hokimlar yoshlarga mo‘ljallangan savdo va servis loyihalarini amalga oshiradi;
✔️ Yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va xorijiy til o‘rganishi, ishga joylashishi yoki tadbirkorlik boshlashiga amaliy ko‘mak beriladi;
✔️ Startapchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, maxsus mablag‘ va grantlar ajratiladi.

📣Shuningdek, eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor hamda ma’naviyat sohasida faol yoshlar o‘rtasida tanlovlar va yarmarkalar tashkil etiladi.

⭐️ Bu qaror — yoshlar tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini yuksaltirish va orzu-maqsadlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi muhim qadamdir.