Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun Kinematografiya agentligi Jizzax viloyati hududiy bo’limi bilan hamkorlikda «O’zbek arsloni» badiiy filmi namoyishi tashkil etildi.
Jasur va fidoyi vatanparvar Fazliddin Shahobiddinovning hayoti va kurash yo’liga bag’ishlangan filmda milliy qahramonlik, vatan tuyg’usi, mardlik va sadoqat kabi oliy fazilatlar yorqin aks etgan.
Tadbir tinglovchilarda milliy g’urur va vatanparvarlik tuyg’usini yuksaltirishga xizmat qildi. Ishtirokchilar taassurotlari bilan o’rtoqlashib, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar.