Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazida Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan ilmiy seminar yuqori saviyada tashkil etildi. Unda hududiy markaz professor-o‘qituvchilari hamda geografiya, biologiya va rus tili fani kurs tinglovchilari faol ishtirok etdilar. Seminar mehmoni — Rossiya Federatsiyasining Ufa fan va texnologiyalar universiteti vakili, geoekolog olim Gareev Aufar Minnigazimovich bo‘lib, tadbirga alohida nufuz bag‘ishladi.
Seminar davomida “Orol geoekologik muammosi hamda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining shakllanish bosqichlari va ekologik sharoitlari” mavzusi atroflicha yoritildi. Mutaxassis tomonidan Orol dengizi hududidagi ekologik inqiroz sabablari, uning mintaqaviy va global oqibatlari, shuningdek Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining shakllanish tarixi hamda bugungi ekologik holati haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan qiziqarli savollar berilib, mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berildi. Mazkur seminar ishtirokchilarning ekologik bilim va dunyoqarashini kengaytirishda, ilmiy fikrlashini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.