Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodisti N. Mirzabekova tomonidan Jizzax shahar 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida boshlang‘ich sinf yetakchi o‘qituvchilari uchun badiiy va axborot matni bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan ijodiy mahorat darsi tashkil etildi.

Darsda badiiy va axborot matni bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga chorlash va darslarni interaktiv qilish usullari namoyish etildi.