Boshlang‘ich S guruhi uchun 2.4-modul — “Ta’limda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” doirasida “Ta’limda pedagogik dasturiy vositalar va immersiv texnologiyalar” mavzusida navbatdagi mahorat darsi o‘tkazildi. Darsni Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi D. Norbekov olib bordi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilar:
✅ pedagogik dasturiy vositalardan samarali foydalanish,
✅ AR/VR kabi immersiv texnologiyalarni dars jarayoniga tatbiq etish,
✅ raqamli texnologiyalar yordamida interaktiv o‘quv muhitini shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar.
⚙️ Ushbu mahorat darsi tinglovchilarning raqamli savodxonligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni darslarga integratsiya qilish ko‘nikmalarini yanada mustahkamladi.