Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazining sentyabr oyi tarix kursi tinglovchilari uchun Jizzax davlat pedagogika universiteti «Umumiy tarix» kafedrasi dotsenti Javohir Saidov mazmunli mahorat darsi o‘tkazdi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilar bilan birgalikda ta’lim jarayonida tarix fanini samarali o‘qitish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tarixiy manbalardan to‘g‘ri foydalanish, voqealarga tanqidiy yondashish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan dars qizg‘in savol-javoblar, bahs-munozaralar hamda amaliy misollar bilan boyitildi. Bu jarayon tinglovchilarga nafaqat nazariy bilim berdi, balki amaliy tajriba orttirish, o‘z pedagogik mahoratini oshirish imkonini ham yaratdi.